Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 06.09.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Asia textile wool blanket” MCHJdan AT “Xalq banki” Asaka filiali foydasiga jami 1 748 895 000 so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Byuroning Asaka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan tumanning “Namuna Bo‘ston” MFYda joylashgan 3 ta “savdo maishiy xizmat ko‘rsatish” bino-inshooti hamda 2 ta avtotransport vositalari ro‘yxatga olinib, xatlangan.
Belgilangan ixtiyoriy muddatlarda kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli, qiymati 1 mlrd. 78 mln. so‘mni tashkil etuvchi “savdo maishiy xizmat ko‘rsatish” bino-inshootlarining 2 tasi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.
Kelgusida savdo do‘konlarining sotuvidan tushgan mablag‘lari qarzdorning kredit qarzini bartaraf etish uchun undiruvchi bankning hisob raqamiga yo‘naltirildi.