Tovuq so‘yib qon chiqarish haqida

Tovuq so‘yib qon chiqarish haqida

SAVOL: 

Tovuq so‘yib qon chiqarish, umuman olganda qon chiqarish shariatimizda qanday? Maktabimiz direktori har yili qon chiqarishimiz kerak deb tovuq so‘ydiradi. Shu to‘g‘rimi?

JAVOB: 

Odamlar imkonlari borlaricha ehson qilaveradilar. Chunki o‘zgalarga taom yedirish savobli amal. Lekin ehson uchun aynan qon chiqarish shart degan gap yo‘q. Go‘sht sotib olib ham ehson qilish joiz.

Shariatimizda qon chiqarish vojib bo‘lgan o‘rinlar — Qurbonlik qilish, jonliq so‘yishni nazr qilish, haj va umradagi xato (jinoyat)larni to‘g‘rilash uchun jonliq so‘yishdir.

Nikoh to‘yi va aqiqada qo‘y so‘yish ham sunnat va mustahab amaldir. Qolgan o‘rinlarda jonliq so‘yib ehson qilish ixtiyoriydir, majburiy emas. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar