14:57 / 25.02.2023
324

Bahorning ilk kunida havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi

Bahorning ilk kunida havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet fevral oyining so‘nggi kunlari hamda 1 mart uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 27-28 fevral kunlari Respublika hududlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq orasida, kunduzi esa 10-18 daraja issiq orasida bo‘lishi kuilmoqda. Havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bahor faslining ilk kuni – 1 mart kuni esa kechasi 2-5 daraja iliq orasi, kunduzi esa 15-22 daraja issiq orasida bo‘ladi.

22 daraja issiq harorat Republikaning janubiy viloyatlarida kuzatiladi.

Shuningdek, tog‘li hududlarda ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi va havo harorati 5-10 daraja oralig‘ida bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat