17:18 / 27.02.2023
149

Sirdaryoda 40 ming dollarga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Sirdaryoda 40 ming dollarga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan O.A. fuqaro B.J.ning ishonchiga kirib, B.J. va uning turmush o‘rtog‘ini tanishlari yordamida 40 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilib, oldindan 12 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat