21:00 / 27.02.2023
274

Oʻquv markazlarida IT sohasini oʻrganish uchun taʼlim krediti beriladi

Oʻquv markazlarida IT sohasini oʻrganish uchun taʼlim krediti beriladi

Oʻzbekistonda oʻquv markazlarida IT sohasini oʻrganish uchun taʼlim krediti beriladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, taʼlim krediti:

- bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming soʻm) miqdorda;

- Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);

- bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;

- har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
Qayd etilishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 1 apreldan boshlab IT taʼlim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan, IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamgʻarmasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat