date
views 174

Hindiston aviakompaniyasi Dehli va Toshkent o‘rtasida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Hindiston aviakompaniyasi Dehli va Toshkent o‘rtasida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 2023 yil avgustidan Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqda.

Dehli—Toshkent—Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar haftasiga to‘rt marta Airbus A320 va A321 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bu rejani aviakompaniya vakillari O‘zbekiston Transport vazirligi va O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Uzbekistan Airports bilan muzokaralar chog‘ida bildirgan.

Uch tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha IndiGo aviakompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga kelishi doirasida muzokaralarning navbatdagi bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hindiston aviakompaniyasi Dehli va Toshkent o‘rtasida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi