19:00 / 04.03.2023
317

Qarz to‘liq undirildi

Qarz to‘liq undirildi

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanishga keng imkoniyatlar yaratilib, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Ayniqsa, mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga birinchi navbatda kreditlar ajratilmoqda.  Biroq, hamma vaqt ham o‘ylangan reja ish bermasligi mumkin, buni tadbirkorlarimiz ham yaxshi tushunadi. Lekin, bankdan olingan kreditlarni qaytarishga to‘g‘ri keladi.

Banklar foydasiga hal qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida Byuro organlari tomonidan muayyan ishlar qilinmoqda.

Jumladan, Qorako‘l iqtisodiy sudining 04.10.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor “O‘zbekiston” xususiy korxonasi hisobidan “Agrobank” ATB Buxoro viloyat Olot filiali foydasiga muddati o‘tmagan kredit asosiy qarzi 276.060.000 so‘m, muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 18.065.000 so‘m, foiz qarzdorligi 13.775.000 so‘m, jami 307.900.000 so‘m kredit qarzdorligi va oldindan to‘langan 19.600 so‘m pochta xarajatini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Olot tuman bo‘limi ish yurituviga 06.10.2021 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida “O‘zbekiston” xususiy korxonasiga tegishli g‘isht ishlab chiqarish uskunasi tegishli tartibda xatlanib, savdoga chiqarish uchun baholangan hamda “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilgan.

Lekin, bir necha bor bo‘lib o‘tgan elektron savdolarda g‘isht ishlab chiqarish uskunasi sotilmagan. Undiruvchi “Agrobank” Olot filialiga qarz evaziga uskunani olish taklif qilinganda, bank taklifni rad etgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida jami 307.900.000 so‘m kredit qarzdorligi va oldindan to‘langan 19.600 so‘m pochta xarajati va 6.158.000 so‘m ijro yig‘imi undirilishi ta’minlanib, 03.03.2023 yilda ijro ishi amalda tamomlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat