Mamlakatimizda oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega, ular jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.
8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasida xizmat qilayotgan ayol xodimalarni rag‘batlantirish, qolaversa madaniy hordiq chiqarishlarini taminlash maqsadida Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida ayol xodimalar Xiva shaxrining diqqatga sazovor joylari, me’moriy obyektlari va qadimiy yodgorliklari, madrasalar hamda maqbaralarni, zamonaviy qurilish obyektlarini tomosha qilishib, tarixiy qadamjolarni ziyorat qilib, bir olam taassurot bilan qaytishdi.
Bundan tashqari, 7 mart kuni boshqarma boshlig‘i O.R.Bozorov tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga bayram tabrigi e’lon qilinib, bayram sovg‘alari va gullar ulashildi.
Bayram muborak bo‘lsin aziz opa - singillar!
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)