date
views 316

“Amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanadi” – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

“Amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanadi” – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Jariy yilning 7 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan — Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda yangilanayatgan Konstitutsiya loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi qayd etildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda”, deyiladi qo‘shma yig‘ilish bayonotida.

Yig‘ilishda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarning har biri bo‘yicha alohida-alohida to‘xtalib o‘tilib, fikr almashilgan.

Xususan, kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati, ko‘lami va hajmidan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirda bayon etishga barcha asoslar borligi, shu bois Konstitutsiyaviy qonun loyihasi nomini “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” deb o‘zgartirilgani bildirilgan.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining matni davlat rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham muhokama etilib, qo‘llab-quvvatlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanadi” – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi