08:00 / 09.03.2023
276

Oʻzbekistonda 10 mart kuni havo harorati 30 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda 10 mart kuni havo harorati 30 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Oʻzbekistonning toʻrtta hududida 10 mart kuni havo harorati 30 darajagacha koʻtariladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” axborot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 10 martda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. 11-12 martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 10 martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 11-12 martda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq, 11-12 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 10-11 martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 12 martda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq, 11 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja iliq, 12 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 10-11 martda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida 11 martda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 12 martda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq, 11 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja iliq, 12 martda  kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 10-11 martda yogʻingarchilik kutilmaydi. 12 martda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat