19:25 / 09.03.2023
968

Samarqandda 14 yoshli qizni olib qochgan erkak ushlandi (video)

Samarqandda 14 yoshli qizni olib qochgan erkak ushlandi (video)

Samarqand shahrida 14 yoshli qizni aldab olib qochgan erkak ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, holat 8 mart kuni soat taxminan 8:00 larda sodir bo‘lgan. 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro S.U. mast holda oq rangli Nexia-3 bilan Samarqand shahar Dahbed ko‘chasidagi o‘quv markazi oldida turgan 2009 yilda tug‘ilgan qizga o‘zini kirakash deb tanishtirib, uni uyiga olib borishini aytgan va aldab o‘tirg‘izgan. Shundan so‘ng uyiga olib bormasdan, mashinani boshqa tomonga boshqarib ketgan.

Voyaga yetmagan qiz mashinadan tushib qolmoqchi bo‘lganda u mashina eshiklarini qulflab qo‘ygan va Oqdaryo tumani “Boshdarxon” MFY, Yangiobod qishlog‘igacha boshqarib borgan. Avtomashina shinasi bosimi chiqib ketgani sababli mashinadan tushib, g‘ildiraklariga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan tushib, qochib ketgan va shu yerda bo‘lgan fuqarolardan yordam so‘ragan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan qizning yaqinlari huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat