Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 2022 yil 28-oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “M.A.H.” fermer xo‘jaligidan undiruvchi ATIB "Ipotekabank" Sirdaryo viloyati hududiy filiali foydasiga 362 928 029 so‘m kredit qarzdorligi undirish va undiruvni garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan "LACETTI" avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga 2022 yil 29-noyabrda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Byuroning Guliston tumani bo‘limi davlat ijrochisi Doston Xusanov xabariga ko‘ra, mazkur ijro harakatlari davomida, "LACETTI" avtotransport vositasiga qarzdorning manzilida yo‘qligi aniqlanib, ushbu avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Majburiy ijro harakatlari davomida, qidruvdagi avtotransport vositasi topilib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida, yuqoridagi avtotransport vositasi 70 000 000 so‘m qiymatida elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)