12:50 / 10.03.2023
375

Dang‘arada jarima maydoniga olib kirilgan Lacetti sotildi

Dang‘arada jarima maydoniga olib kirilgan Lacetti sotildi

     Byuroning Dang‘ara tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Qo‘qon tumanlararo sudining 09.09.2022 yil kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor Q.A.dan “Kapitalbank” Yashnobod filiali foydasiga 109.476.325 so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan Lacetti rusumli avtotransport vositasiga qaratish haqidagi ijro hujjati yuzasidan  davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga sud qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.

      Lekin, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmaganligi bois, byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, 29.12.2022 yil kuni garov mulki qo‘shimcha javobgarga tegishli Lacetti rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, jarima maydoniga olib kirilgan va auksion savdoga qo‘yilgan edi.

     Auksion savdolarda 06.03.2023 yil kuni Lacetti avtomashinasi 124.611.900 so‘mga sotildi va qarzdorlik undirilib, ijro hujjatlari amalda tamomlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat