Fuqaro foydasiga kompensatsiya mablag‘lari undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining ijro hujjatiga asosan Forish tuman hokimligi hisobidan undiruvchilar J.N. va O.R.lar foydasiga zarar (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro xarakatlari davomida Forish tuman hokimligiga tegishli Nexia 3 rusumli avtotransport elektron-onlayn auksionda 102.6 mln. so‘mga sotilib, tushgan pul mablag‘i hisobidan J.N.ga 49,6 mln. so‘m va O.R.ga 53 mln. so‘m o‘tkazib berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing