10:30 / 14.03.2023
300

Jizzaxda YPX xodimlarining formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortildi

Jizzaxda YPX xodimlarining formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortildi

Jizzax viloyatida ichki ishlar organlarini obro‘sizlantiruvchi videolavha tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ikki shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining formasida vayn ishlagan shaxslarning videosi tarqaldi. IIB xodimlari holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borgan va uni tayyorlagan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. To‘plangan hujjatlar hududiylik jihatidan jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

O‘zim vaynerman, odamlarga kulgili qisqa videolarni ulashish bo‘yicha ishlayman. Hozirgi videomizni ham Rossiya kanallarida ko‘rganman va tarjima qilib, o‘zimizda chiqardim. Bundan maqsad organ xodimlarining ustidan kulish emas, odamlarga sof kulgi ulashish edi”, — deydi ayblanuvchi.

Sud qarori bilan vaynerlardan biri Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, 15 sutka, sherigiga esa 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat