20:45 / 15.03.2023
161

Surxondaryoda xorijga chiqmoqchi bo‘lgan ota 145 million so‘mga yaqin aliment to‘ladi

Surxondaryoda xorijga chiqmoqchi bo‘lgan ota 145 million so‘mga yaqin aliment to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2021 yil mart oyidagi sud buyrug‘iga asosan A.Mansurovdan sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlaridan tegishli miqdorda aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, aliment qarzdorligini undirish maqsadida A.Mansurovning chiqish huquqi vaqtincha cheklab qo‘yilgan edi.

A.Mansurov chet elga chiqish uchun aliment to‘lovlarini oldindan hisoblab berishlarini so‘rab Byuro xodimlariga murojaat qildi. Shundan so‘ng, davlat ijrochilari tomonidan farzandlarining voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment miqdori oldindan hisoblab berildi va 144 million 800 ming so‘m aliment puli ijro hujjati bo‘yicha plastik karta raqamiga  o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor otaga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat