
Joriy yilning 18-19-20 mart kunlarida Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qonunchilik talablari asosida ijro xujjatlari bo‘yicha qarzdorlik evaziga xatlangan, olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan tovar-moddiy boyliklarni arzonlashtirilgan narxlarda tezroq sotish maqsadida savdo yarmarkalari tashkil qilindi.

Baholash tashkilotlari tomonidan qonunchilik asosida ekspertizadan o‘tkazilib, belgilab berilgan baholarda sotilayotgan ushbu tovarlar, albatta, bozor narxidan ancha arzonligi bilan ajralib turadi.

Mazkur mol-mulklarning sotilishidan tushgan mablag‘lar birinchi navbatda fuqarolarning ijro xujjatlari bo‘yicha qarzdorligini qoplash uchun yo‘naltiriladi va agarda tushgan mablag‘lar qarzdorlikdan ko‘p bo‘lsa, farq summasi fuqaroga qaytarib beriladi.
Dilmurod Kasimov
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori
Savdo YarmarkalariToshkent ShaharTovarlar SotilishiIjro XujjatlariQarz OlishBaholash Tashkilotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar