O‘zbekistonda 5-6 balli zilzila qayd etildi

O‘zbekistonda 5-6 balli zilzila qayd etildi
O‘zbekistonda 5-6 balli zilzila qayd etildi

21 mart, Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida hududlarida sezildi.

Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,6 bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 561 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 5-6 ball;
  • Toshkent shahri, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 5 ball;
  • Xorazm viloyatida 4-5 ball;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ball.

Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus shimoliy kenglik; 70,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,6. Chuqurlik 220 km.

Yer qimirlashi vertikal xarakterga ega bo‘ldi. Toshkent shahrida yer qimirlashi davomli bo‘ldi, qator joylarda ko‘p qavatli uyda yashovchilar va savdo markazlaridagi odamlar ko‘chaga chiqib olishdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar