![Toshkent shahriga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda](https://uzreport.news/fotobank/image/6d20056b1f7dd6b20a826f59cac2a119.jpeg)
Bugun Toshkent shahriga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. “Daryo” manbasiga ko‘ra, ushbu lavozimni “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi Shavkat Umrzoqov egallaydi.
“Daryo” muxbiri mazkur xabar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Mukarram Azimova bilan bog‘landi.
“Hozir hokim tayinlangani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Tayinlansa, rasman e’lon qilinadi”, — dedi hokimlik matbuot kotibi.
Shavkat Umrzoqov 22 fevral kuni Gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylangandi.
2018 yildan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev joriy yil 16 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan energiya resurslari ta’minotiga doir yig‘ilishda ishdan olingandi.
Prezident yig‘ilishda hokim anomal suvuqda enegota’minotda kuzatilgan uzilishlarga sababchi bo‘lgani, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun lavozimidan ozod etilganini aytgan.
16 yanvardan boshlab, Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar