date
views 143

Samarqandda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Jiguli kanalga tushib ketdi

Foto: Samarqand FVB axborot xizmati

Samarqand shahrida 23-mart kuni kanalga tushib ketgan Jiguli chiqarib olindi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat 23-mart kuni soat 11:11 da Samarqand shahri “Oqsaroy” MFY Ro‘dakiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur ko‘cha bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Jiguli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ushbu hududdan oqib o‘tuvchi Siyobcha kanaliga tushib ketgan.

Foto: Samarqand FVB axborot xizmati

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqdi. Hodisa natijasida vafot etgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Samarqand FVB axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Jiguli kanalga tushib ketdi