20:28 / 23.03.2023
113

Tadbirkor foydasiga 61,6 mln. so‘m jinoiy zarar undirildi

Tadbirkor foydasiga 61,6 mln. so‘m jinoiy zarar undirildi
Majburiy ijro byurosi Shayxontoxur tuman bo‘limi ish yurituvida JIB Termiz shahar sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor "Trastbank"XAB dan undiruvchi "TERMIZ METAL MONTAJ" MCHJga 61.650.000 so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zarar summasini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.
Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Otaboyev tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan,  ijro hujjatini qo‘zg‘atish bo‘yicha qaror qabul qilinib, qarzdorga huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilgan.
 
Qarzdor bankdan 61.650.000 so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zarar summalari undirilib, mazkur ijro ishi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat