11:23 / 27.03.2023
209

O‘zbekiston Interpoli tomonidan qidirilayotgan shaxs Shvetsiyadan ekstraditsiya qilindi

O‘zbekiston Interpoli tomonidan qidirilayotgan shaxs Shvetsiyadan ekstraditsiya qilindi
Foto: IIV
Toshkent va Stokholm Interpol Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari hamda Lion shahrida o‘tkazilgan Milliy markaziy byurolar rahbarlarining yillik konferensiya davomidagi uchrashuvlar natijasida Shvetsiyadan birinchi marta qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.
 
Qidirilayotgan shaxs noqonuniy boyish maqsadida bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, puxta o‘ylangan rejaga muvofiq, tegishli hujjatlarni qalbakilashtirish orqali ko‘chmas mulkni sotish bilan shug‘ullangan va o‘zining ushbu harakatlari orqali katta moddiy zarar yetkazgan.
 
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida yashiringan, ammo tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi shaxs Shvetsiya hududida aniqlangan va hibsga olingan.
 
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilganidan so‘ng ushbu shaxs Interpol MMB xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Interpoli tomonidan qidirilayotgan shaxs Shvetsiyadan ekstraditsiya qilindi