Buxoro tibbiyot texnikumi kafedra mudiri qo‘lga olindi

Jamiyat1 daqiqa o'qish462
Buxoro tibbiyot texnikumi kafedra mudiri qo‘lga olindi
Buxoro tibbiyot texnikumi kafedra mudiri qo‘lga olindi
Buxoro tibbiyot texnikumining «Sanitariya-epidemiologiya va umumiy gigiyena» kafedrasi mudiri F.F.ning pora bilan ushlangani ma’lum qilindi.
 
Holatga ko‘ra, fuqaro M.Sh. «Sanitariya-epidemiologiya va umumiy gigiyena» kafedrasi mudiri F.F.ning qabuliga 19 yoshli jiyani Z.Sh.ni Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga qo‘shimcha qabul qilishda ko‘maklashishini so‘rab kirgan.  F.F. esa o‘z «xizmati» evaziga undan jami 1000 AQSH dollari talab qilgan.
 
M.Sh. kafedra mudirining ushbu harakatlaridan norozi bo‘lib, huquq-tartibot idoralari nomiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilgan.
 
Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbir davomida kafedra mudiri so‘ragan pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.
 
Ayni paytda F.F.ning hatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?