
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro B.H «A.B.» ismli qizning shaxsiy fotosuratlari va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘lga kiritib, ushbu fotosuratlarni o‘zining «Telegram» profiliga joylab qo‘yadi.
Shu tarzda uning shaxsiy hayot daxlsizligini buzib, surat va videolarni tarqatib yubormaslik evaziga qizdan 10 mln so‘m talab qilib, ushbu pullarni kursdoshi Sh.T. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) va 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh ProkuraturaYakkabog‘ TumaniTovlamachilik UstidaShaxsiy HayotIjtimoiy TarmoqlarTezkor Tadbir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar