05:38 / 30.03.2023
316

Ramazon musulmon bo‘lmagan ayolning ko‘zi bilan

Ramazon musulmon bo‘lmagan ayolning ko‘zi bilan
Kanadalik nasroniy ayol musulmonlarning ro‘za ibodatini ular bilan birga tutgani va qalbidagi o‘zgarishlar, hissiyotlarini qog‘ozga tushirgan. Quyida uning ro‘zadan olgan taassurotlarini havola etamiz.
 
“Men musulmon emasman, lekin qiziquvchanligim sabab tongdan to kechgacha Ramazon ro‘zasini tutib o‘tkazmoqchi bo‘ldim.
 
Nega kimdir o‘zini bunchalik qiynog‘ga solishi kerak? Nega o‘zini shunday jazolaydi? Ular nimani his qilishadi? Avvaliga bu unchalik qiyin ish emasdek tuyuldi. Kun bo‘yi ovqatsiz, suvsiz o‘tish nimani anglatishini tushunmas edim.
 
Va ko‘p o‘tmay, kunlar men o‘ylagandan ham uzunroq ekanligini angladim. Men ko‘plab yomon so‘zlar aytishimni ham tushunib qoldim.  Men soatlab ovqatlanmasam yoki ichmasam, tanam nimani his qilishini bildim. Eng oddiy ishlarni qilish - hatto og‘izning quruqshashi tufayli til qimirlamay qolganda nimadir deyish qanchalik qiyin. Men eng kerakli narsalardan mahrum bo‘lgan miyam qanday ishlashini tushundim. Farzandga bo‘lgan muhabbat va shafqat, mehr haqiqiy, sof ekanligini angladim. Lekin men tushungan eng muhim narsa shundaki, biz bor narsamiz uchun, har birimiz uchun va biz yashayotgan dunyo uchun minnatdor bo‘lishimiz kerak ekan.
 
Onalar, farzandlaringizga qarang, agar ular asta-sekin ochlig-u tashnalikdan azob chekayotganini bilsangiz, o‘zingizni qanday his qilgan bo‘lardingiz, siz esa ularni to‘ydirib, ichirishga imkoningiz yo‘qligini tasavvur qiling. Bu hayotda biz uchun kim aziz ekanligini o‘shanda tushunasiz! Dinimiz va tariximiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz onamiz, onalik dardi bir xil.
 
Men uchun Ramazon o‘zimning ich-ichimga nazar solish, fikrlarimni tozalash imkoniyati bo‘ldi. Men dunyoning buyuk tartibida qanchalik ahamiyatsiz ekanligimni angladim. Muammolarim arzimas bo‘lib qoldi va men bu yerdagi maqsadimni yaxshiroq tushuna oldim. Men qanchalik osonlik bilan boshqalar haqida yomon o‘ylashimiz, gapirishimiz va shu bilan birga o‘z fikrlarimiz to‘g‘ri ekanligiga qat’iy ishonishimizni fikr eta boshladim...
 
Alloh musulmonlarga bergan bu oy shafqatsizlikmi? Yo‘q, bu ularga bergan hadyasi, chuqur fikr yuritish imkoniyati. Bu oyda men barchamizdan, qo‘shnilarimiz va hamkasblarimizdan musulmon do‘stlarimizni yaxshiroq bilish va ularning Allohga sig‘inib qilayotgan ibodatlari uchun hurmat qilishni so‘rayman”.
 
Bonni Haugen, Edmonton (Kanada).

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat