17:00 / 30.03.2023
214

Jarqo‘rg‘onda qidiruvda bo‘lgan “Cobalt” avtotransport vositasi topildi

Jarqo‘rg‘onda qidiruvda bo‘lgan “Cobalt” avtotransport vositasi topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro hujjatiga  asosan qarzdor Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan «FRESH AIR-INVEST» mas’ulyati cheklangan jamiyatining o‘z vaqtida to‘lab berilmagan kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
 
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi. Qarzdor jamiyatning mol-mulklari o‘rganilganda “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi borligi aniqlangan hamda ushbu avtotransport vositasini xatlash maqsadida qidiruv elon qilingan edi.
Olib borilgan tezkor qidiruv natijalari ko‘ra ushbu avtotransport vositasi tuman markazidan topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi hamda xatlangan mulkni realizatsiya qilish maqsadida onlayn auksion savdolariga chiqarildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat