220
Mashina olib berishni va’da qilib, 248 kishini chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
![Mashina olib berishni va’da qilib, 248 kishini chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi](/uploads/posts/2023-03/1680204871_01.jpg)
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida 248 nafar fuqaroga mashina olib berishni va’da qilib, ularni 12 milliard so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh shaxslar fuqarolarga kredit evaziga Nexia-3, Cobalt, Gentra, Malibu, Isuzu rusumli avtomobillar olib berishni va’da qilib, ularning katta miqdordagi mablag‘ini o‘zlashtirgan.
Jabrlanuvchilarning ma’lum qilishicha, sudlanuvchilar ularga ikki hafta muddatda avtomobil olib berishni va’da qilib, bir yildan beri aldab kelgan.
Fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qilgan to‘rt nafar fuqaro 2020 yil 29 sentyabr kuni sudlanuvchi A.N. ta’sischiligida “Uz Avto Premium” MCHJ va “Avto Alo Group MT” MCHJni tashkil qilgan.
MCHJ mas’ullari fuqarolarga avtomashinalarni kredit hisobiga olib berishni va’da qilib, boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘langan pullarini bank muassasasi orqali qabul qilgan va MCHJ hisob raqamidagi jami 12 milliard so‘m atrofidagi pullarni MCHJning korporativ kartasi orqali naqdlashtirib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da ayblangan 29 yoshli yigit 9 yil 6 oyga, 26 yoshli yigit 9 yilga, 27 yoshli yigit 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. 30 yoshli sudlanuvchi qizga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar