21:56 / 01.04.2023
106

Toshkent viloyatida 8 milliard so‘mdan ziyod kredit qarzdorligi undirildi

Toshkent viloyatida 8 milliard so‘mdan ziyod kredit qarzdorligi undirildi
  Byuroning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 24.06.2022 yildagi qaroriga asosan qarzdor “Sohibkor Agro Trade” MCHJ va “Jarqo”rgon-Sarbon-Broker” MCHJlarning hisobidan, undiruvchi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy bank AJ Surxondaryo viloyat filiali foydasiga 8.747.353 ming so‘m undirish belgilangan ijro hujjati  kelib tushgan.
 
  Undiruv garovdagi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani, Sakson ota QFY, Toshto‘g‘izoq MFY hududida joylashgan Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosiga qaratish belgilangan.
 
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonalardan, undiruvchi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy bank AJ Surxondaryo viloyat filiali foydasiga 8.034.715,5 ming so‘m kredit qarzdorligi undirilib berildi.
 
Hozirda qarzdorlikning qolgan qismini undirish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat