14:21 / 04.04.2023
139

Savdo qoidasini buzgan tadbirkor 91 mln. so‘m jarima to‘ladi

Savdo qoidasini buzgan tadbirkor 91 mln. so‘m jarima to‘ladi
Jinoyat kodeksining 189-moddasida savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunda, tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda (bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq) buzish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazolar belgilangan.
Shunga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Quva tuman sudi qarzdor F.M. savdo qoidalarini buzganligi uchun unga nisbatan BHMning 450 baravari miqdorida, 91 228 500 so‘m jarima jazosi tayinlagan.
Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Andijon tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor ogohlantirilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor F.M. dan 91 228 500 so‘m jarima pullari to‘liq undirildi.
Byuroning Andijon tuman bo‘limi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat