06:46 / 05.04.2023
215

Namanganda tadbirkor bitta mulkni ikkita bankka garovga qo‘yib, kredit olgani aniqlandi

Namanganda tadbirkor bitta mulkni ikkita bankka garovga qo‘yib, kredit olgani aniqlandi
Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “K.A.Y.” MCHJdan undiruvchi “Agrobank” ATB foydasiga 2 milliard 278 million so‘m kredit qarzini undirish ko‘rsatib o‘tilgan.
 
Undiruvni esa garovdagi qo‘shimcha qarzdor “K.R.” jamiyatiga tegishli Davlatobod tumani “Porloq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi bino-inshootlariga qaratish belgilangan.
 
Mazkur ijro hujjati byuroning Davlatobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Aynan ijro harakatlari jarayonida qiziq holat sodir bo‘lgan. Ya’ni mazkur jamiyatdan “Hamkorbank” ATB foydasiga 376 million 450 ming so‘m kredit qarzdorlikni undirish va undiruv yana yuqoridagi manzildagi bino-inshootga qaratilgan. Mazkur ikki hujjat sinchkovlik bilan o‘rganilganda jamiyat rahbarlari garovga qo‘yilgan bino-inshoot bo‘yicha davlat notarial idorasi nomiga taqiqdan yechish uchun qalbaki hujjatlar rasmiylashtirishgan.
 
Aniqlangan holat yuzasidan byuroning Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan qarzdor jamiyat rahbarlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi, 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan jazo muqarrarligi ta’minlandi. Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida bino-inshootlar “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali realizatsiya qilindi va jinoyat natijasida ATB “Agrobank” va “Hamkorbank”ka nisbatan yetkazilgan zarar to‘liq qoplanib, ijro hujjati ijrosi amalda tamomlanishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat