Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida o‘zi asrab olgan 13 yoshli qizni zo‘rlagan, qiz homilador bo‘lib qolgach, erkak homilani majburan oldirib tashlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Oliy sud matbuot kotibi bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismi va 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilayotgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan K.T. (1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, qamog‘ga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida 7 aprel kuni boshlanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar