date
views 207

Kosonda “Tracker” avtomashinasi qarzdorlik evaziga xatlandi

Kosonda “Tracker” avtomashinasi qarzdorlik evaziga xatlandi
Aholining odil sudlovga ishonchini yanada mustahkamlash borasida Majburiy ijro byurosi organlari oldiga bir qator vazifalar belgilab berilgan. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajarish har bir davlat ijrochisining oldidagi mas’uliyatdir. Har qanday ijro hujjati bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilib, ijro harakatlarini amalga oshirish xodimlarning asosiy burchi hisoblanadi.
                                                                                                                                                                                                                    Byuroning Koson tuman bo‘limi tomonidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining 22.11.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Ishmuratovdan Davlat soliq boshqarmasi foydasiga 15 mln. 88 ming so‘m soliq qarzdorligini  undirish belgilangan.
 
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga bir necha marotaba yozma va og‘zaki ogohlantirishlar berilgan.
A.Ishmuratov ixtiyoriy ravishda qarzdorligini to‘lab bermaganligi sababli, joriy yilning 6 aprel kuni bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorga tegishli “Tracker” rusumli avtotransport vositasi xatlab olindi.
 
Kelgusida, ushbu avtotransport vositasini belgilangan muddatlarda baholatish hamda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘riladi.
 
Xurshid Gulmanov
 MIB Koson tuman bo‘limi boshlig‘i
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kosonda “Tracker” avtomashinasi qarzdorlik evaziga xatlandi