![O‘zbekistonga rossiyalik sayyohlar oqimi 2 baravar ko‘payishi kutilmoqda](/uploads/posts/2023-04/27380934_05230731780_1920x0_80_0_0_7adbfa3d546877365ba52ddcaaea1344.jpg)
2023 yilda Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi taxminan 1 million kishini tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan (567 ming kishi) deyarli ikki baravar ko‘p bo‘ladi. Bu haqda juma kuni O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsuli Barxon Aliqulov jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Bu yil biz Rossiya Federatsiyasidan millionga yaqin sayyoh kelishini kutmoqdamiz. O‘ylaymanki, buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud", — dedi u.
Aliqulovning aniqlik kiritishicha, 2022 yil oxirida rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayyohlik oqimi 567 ming kishini tashkil qilgan. O‘zbekistonda me’moriy-madaniy turizmdan tashqari, boshqa sohalar: ekoturizm, sport va ishbilarmonlik turizmi ham faol rivojlanmoqda. Bundan tashqari, 24-26 aprel kunlari respublika hududida “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining o‘tkazilishi ishbilarmonlik turizmining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
"Hozir gastro-turizm rivojlanmoqda - bu alohida masala. O‘zbekistonda bo‘lganingizda qandaydir obyektga borishdan bosh tortishingiz mumkin, lekin o‘zbek taomidan voz kechishning iloji yo‘q. Bu xorijlik mehmonlarimizning fikri”, - deb qo‘shimcha qildi u.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar