date
views 110

Turkiya fuqarosini 50 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Turkiya fuqarosini 50 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahrida uy olib berishni va’da qilib, Turkiya fuqarosini chuv tushirgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, 2023 yilning yanvar oyida 33 yoshli K.B. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Turkiya fuqarosi 39 yoshli Z.T.ning ishonchiga kirib, unga Toshkent shahri markazidan xonadon olib berishini aytgan. U 50 ming dollarga mo‘jazgina uy topganini, dastlabki to‘lov sifatida bankdan hisobraqam ochib, yanvar oyida 10 ming dollar, keyinchalik mart oyida 40 250 dollar olishga erishgan.
 
Fuqaro K.B. bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
 
Holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiya fuqarosini 50 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi