06:15 / 09.04.2023
260

Farg‘onada yigitlarni jinsiy aloqaga taklif qilib, shantaj bilan qo‘rqitgan guruh ushlandi

Farg‘onada yigitlarni jinsiy aloqaga taklif qilib, shantaj bilan qo‘rqitgan guruh ushlandi
Skrin: Telegram
Farg‘onada yigitlarni jinsiy aloqaga taklif qilib, tovlamachilik qilib kelgan guruh ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, qiz o‘z qarmog‘iga ilintirgan yigitlarni jinsiy aloqa qilish uchun kelishilgan xonaga olib kirgan. Uning niqoblangan, o‘tkir tig‘li buyumlar bilan qurollangan jinoiy sheriklari esa to‘satdan xonadonga kirib, ushbu shaxslarga tegishli 3 dona telefon va 700 ming so‘m miqdordagi pullarni bosqinchilik yo‘li bilan olib, yalang‘och holatda videotasvirga tushirgan.
 
Shundan so‘ng tovlamachilar ulardan 5 million so‘m pul talab qilib, aks holda ular boshqarib kelgan mashinani bermasligini aytgan. Jabrlanuvchilar yonida so‘ralgan miqdordagi pul yo‘qligini bildirib, keyin topib berishga va’da bergan. Jinoiy guruh mashinani qaytarib berib, yigitlarning mol-mulklarini olib qolgan.
 
4 aprel kuni Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, jinoiy guruh ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamog‘ga olish tartibida ehtiyot chorasi qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat