08:05 / 09.04.2023
316

O‘zbekistonda qurilayotgan binolar qanchalik zilzilaga bardoshli?

O‘zbekistonda qurilayotgan binolar qanchalik zilzilaga bardoshli?
Turkiyada o‘tgan oyda sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar oddiy aholi qatori developer kompaniyalari hamda mutasaddi hokimiyat organlarini ham tashvishga solib qo‘ydi. Turkiyada katta ishonch bilan qurilgan binolarning 7+ zilzilaga ham bardosh bera olmasdan “tutdek” to‘kilib tushgani va 50 mingga yaqin kishini hayotdan olib ketgani butun xalqaro hamjamiyatni qayg‘uga soldi. 
 
Xo‘sh, O‘zbekistonda qurilayotgan binolar qanchalik zilzilaga bardoshli? Xususan seysmik xavfli hududda joylashgan poytaxtimiz Toshkent shahrida qurilayotgan yangi binolardan qanchalik ko‘nglimiz xotirjam bo‘lishi mumkin?
 
O‘zbekistondagi mashhur tadbirkor, Murad Buildings xususiy korxonasi kompaniyasining ta’sischisi Murod Nazarov bilan suhbatda shunga o‘xshash savollarga javob olish imkoniyati tug‘ildi. AzonTV ning «Fikrat» tahliliy dasturi doirasida, jumladan, O‘zbekistondagi binolar qancha balli zilzilaga bardoshli qilib qurilmoqda, degan savol ham o‘rtaga tashlandi.
  • O‘zbekiston hududida har xil mintaqalar mavjud, 9+, 9, 8, 7 balli hududlar ham bor, deydi Murod Nazarov. – Bino qurilayotgan hududda maksimal qancha yer qimirlashi mumkin bo‘lsa, o‘sha daraja hisobga olinib uy quriladi. Ya’ni shuncha balli zilzila aniq bo‘ladi, degani emas, balki bo‘lishi mumkin. Masalan, Toshkent shahri 9+ balli hudud hisoblanadi. Lekin hatto 1966 yildagi zilzilada ham 5,5, 5,3 magnitudali zilzila bo‘lgan. Biroq binolar qurilganda aynan 9+ zilzilaga bardoshli qilib quriladi.
  • Agar hudud 7 balli bo‘lsa 7 ballga bardoshli qilib quriladi va shuning hisobi olinadi. Har ehtimolga deb, 7 balli hududga 9 darajaga bardoshli bino qurilmaydi. Bu ortiqcha xarajat.  Olmaliqda ham 7 magnitudaga chidamli qurilish qilgandik. 7 ga chidamli bino bilan 9 ga chidamli bino o‘rtasida ishlatiladigan armatura miqdori, konstruksiyasi va boshqa farqlariga binoan  narxi 40 foizgacha farq qiladi. Bu juda katta farq.
  • Shuning uchun 7 deyildimi, 7 ga chidaydigan qilib quriladi. 9+ bo‘lsa shunga yarasha qilib hisoblash kerak. Shu bois shaxsan rahbar sifatida hech qaysi qurilishimda biror g‘ashlik, shubhali jihat va g‘irromlikka yo‘lq qo‘ymaganman. Bu xarakterimni pudratchi kompaniyalar ham yaxshi biladi. Tekshirib kelganimda bitta joyi yoqmasa ham buzdirib tashlab boshqatdan qurdiraman. Shu bois biz qurayotgan uylar tegishli talablarga to‘liq rioya etilgan holda quriladi. Qurilishning bizga tegishli barcha qismiga to‘la javob bera olamiz, deya ishontirdi Murad Buildings xususiy korxonasi kompaniyasi ta’sischisi Murod Nazarov.
Suhbatda, shuningdek, Murod Nazarovning orzusidagi loyiha qanday loyiha, sifatsiz xom-ayoshlar muammosi, nega Murad Buildings qurgan uylarni qimmat deb aytishlari haqida ham so‘z bordi. Agar bu savollarga Murod Nazarov bergan javoblar bilan qiziqsangiz, “Fikrat” tahliliy ko‘rsatuvining ushbu havolasi orqali kirib, Youtube.com tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin.
 Abulfayz Sayidasqarov tayyorladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat