14:03 / 09.04.2023
112

Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia chuqurlikka tushib ketdi

Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia chuqurlikka tushib ketdi
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
 
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 3 aprel kuni soat 21:00 larda yuz bergan.
 
Nexia haydovchisi Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz yo‘lida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘lning o‘ng tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan.
 
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan mashina yo‘lovchisi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
 
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat