Xitoy tashqi ishlar vaziri Germaniyani inson huquqlari bo‘yicha “ma’ruza o‘qimaslikka” chaqirdi

1 daqiqa o'qish564
Xitoy tashqi ishlar vaziri Germaniyani inson huquqlari bo‘yicha “ma’ruza o‘qimaslikka” chaqirdi

Foto: AP Photo

Germaniya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari inson huquqlari masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda  Deutsche Presse-Agentur xabar berdi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok xitoylik hamkasbi Sin Ganga BMT nizomi va konvensiyasini eslatib o‘tdi. Bunga javoban Gan “Xitoy G‘arbdan o‘qituvchiga muhtoj emas”ligini qayd etdi.

“Xitoy unga inson huquqlari bo‘yicha leksiya o‘qishlarini istamaydi. Inson huquqlari haqida gap ketganda, dunyoda yagona standartlar yo‘q”, — dedi Xitoy diplomati.

U Berbokning Xitoydagi inson huquqlariga oid tanqidini rad etib, har bir davlatning o‘ziga xos sharoiti, madaniy va tarixiy kelib chiqishi borligini aytdi. Berbok dunyoda inson huquqlari bo‘yicha “umumiy standartlar” mavjudligini aytib, xitoylik hamkasbiga BMT nizomini eslatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nizomda BMTning barcha a’zolarini hurmat qilish talab etiladigan “universal” inson huquqlari mavjud. Berbok Xitoyda fuqarolik jamiyati va inson huquqlari uchun maydon cheklanganidan xavotir bildirgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Shinjonda musulmon uyg‘urlar ta’qib qilinayotgani haqidagi da’volarga javoban, bu inson huquqlari muammosi emasligi, balki radikalizm va separatizmga qarshi kurash ekanini aytdi. U hozircha Shinjondagi vaziyat “barqaror”ligi, odamlar “juda baxtli hayot”da yashayotganini ta’kidladi.

“Xitoyning dunyodagi yuksalishini ushlab turish uchun Shinjon masalasidan foydalanayotgan Xitoyga qarshi kuchlar bor. Ular Shinjondagi vaziyatni ham izdan chiqarmoqchi. Xorijiy kuchlar hududdan uzoqda turishi kerak”, — degan Qin Gang.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?