09:49 / 16.04.2023
238

Buxoroda poyezd “Lacetti”ni urib ketdi

Buxoroda poyezd “Lacetti”ni urib ketdi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Kogon tumanida jentrani poyezd urib ketdi” nomi ostida video tarqaldi.
 
Holat yuzadidan Buxoro viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi. Qayd yetilishicha, joriy yilning 13 aprel kuni soat 15:15 larda Buxoro viloyati Transportda Xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB ning “102” avtomatlashtirilgan tizimiga ushbu holat yuzasidan xabar tushgan.
 
Aniqlanishicha, shu kuni soat 14:00 larda motovoz boshqarib kelayotgan X.Y. “Buxoro-Poykent” yo‘nalishida qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan “Lacetti”ni urib yuborgan.
 
Keltirilishicha, haydovchi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi A.A. ismli shaxs bo‘lgan.
 
Mazkur hodisada avtomashina haydovchisi bosh miyaga qon quyilishi, ko‘krakqafas jarohati, o‘ng o‘pka yorilishi tashxisi bilan tibbiy muassasada davolanmoqda.
 
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat