O‘zbekiston prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra,
— Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21 aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023 yil 21 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
— Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023 yil 24 aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–270-son farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida farmonga ko‘ra:
- 21 aprel, juma — Hayit bayrami;
- 22 aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 23 aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
- 24 aprel, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.