Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 13.01.2023 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.Mo‘minovdan undiruvchi I.Mo‘minova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun, u voyaga yetguniga qadar qarzdorning ish haqi va boshqa daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 15.01.2023 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish qarori qabul qilingan.
Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 21.10.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.Imomovdan undiruvchi G.Djalilova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 20.11.2021 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish qarori qabul qilingan.
Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan taraflar bilan bo‘lim davlat ijrochilari o‘rtasida suhbat olib borilib, oilani muqaddasligi farzandlar tarbiyasida ota-onani alohida o‘rni borligi hamda voyaga yetmagan farzandlar kelajagi uchun oilani mustahkamlash kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berilganligi natijasida Mo‘minovlar va Imomovlar oilasi muborak Hayit bayrami arafasida yarashtirilib, aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari tamomlanib, ikki oilaning 3 nafar farzandlari ayyomlarni ota-onasi bag‘rida nishonlaydigan bo‘lishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar