![Surxondaryoda 32 yoshli ayol boshqa ayollar tomonidan «samosud» qilingan](/uploads/posts/2023-04/920__95_461820250.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh ayollar tomonidan qarzini bermagani uchun boshqa bir ayol do‘pposlanib, sochlari kesilgani va kiyimlari yirtib tashlangani haqidagi xabar tarqaldi.
Viloyat IBB mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borib, dastlabki xulosalarini taqdim qildi.
Aniqlanishicha, holat 2022 yilning noyabr oyi oxirlarida, Denov tumani Bog‘ishamol mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Unda sariosiyolik 32 yoshli ayol D.S. Denov tumanida yashovchilar – 20 yoshli R.G. va X.N. ismli ayollar tomonidan o‘rtalarida avvaldan mavjud bo‘lgan nizolari ortidan «samosud» qilingan. D.S.ni mahalla hududida urib, unga tan jarohati yetkazishgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar