23:20 / 27.04.2023
184

Qarzdorlik evaziga “Tracker” avtomashinasi xatlandi

Qarzdorlik evaziga “Tracker” avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘son tumanlararo sudining qarzdor “Gold Zarina tekstil” XKdan undiruvchi “Agrobank” ATB hududiy filiali foydasiga 226 261 000 so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni “Tracker” rusumli avtomashinaga qaratish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro hujjati talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.
Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan “Tracker” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga tortib qo‘yilgan.
Hozirda xatlangan avtotransport vositasi realizatsiya qilinib, kredit qarzi uchun yo‘naltirish choralari ko‘rilmokda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat