18:45 / 28.04.2023
201

Ona va bola uyga kiritib qo‘yildi

Ona va bola uyga kiritib qo‘yildi
yuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 14.11.2022 yil kundagi ijro varaqasiga ko‘ra undiruvchi Sh.Zaynutdinova va bir nafar voyaga yetmagan farzandini Mirobod tumani Fidokor ko‘chasida joylashgan xonadonga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga 30.12.2022 yil kuni kelib tushgan.
 
Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib taraflarga ijro qilish uchun topshirilgan. Qarzdor fuqaro tomonidan ona va bolani uyga kiritmay qarshilik ko‘rsatib kelgan.
 
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvchi Sh.Zaynutdinova va bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan sud qarorida belgilangan Mirobod tumani Fidokor ko‘chasida joylashgan xonadonga kiritilib mazkur ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat