Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sakkizta nabiralari bo‘lgan. Quyida siz ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
1. Aliy.
Otasi: Abul Os ibn Rabi’ roziyallohu anhu.
Onasi: Zaynab roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: Madina hijratidan salgina oldin.
Tug‘ilgan joyi: Makkai mukarrama.
Vafot etgan yili: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarining oxirgi yillari.
Vafot etgan joyi: Makkai mukarrama.
Umri: balog‘at yoshiga yetmagan.
Makka fath etilgan kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaharga uni tuyalariga mingashtirib kirib kelganlar.
2. Umoma roziyallohu anho.
Otasi: Abul Os ibn Rabi’ roziyallohu anhu.
Onasi: Zaynab roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: Madina hijrati atrofida.
Turmush o‘rtoqlari:
1) hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu (Fotima roziyallohu anhoning vasiyati bilan, Fotima roziyallohu anhoning vafotidan keyin uylanadi);
2) Mug‘iyra ibn Navfal ibn Horis ibn Abdulmuttalib Hoshimiy roziyallohu anhu (Umoma roziyallohu anho hazrati Ali roziyallohu anhuning vasiyatiga ko‘ra, hazrati Ali roziyallohu anhuning vafotidan keyin iddasi tugagach, Mug‘iyra roziyallohu anhuga turmushga chiqadi).
Turmushga chiqqan yili: hazrati Umar roziyallohu anhu xalifaligining dastlabki yillari.
Turmushga chiqqan joyi: Madinai munavvara.
Vafot etgan yili: taxminan hijriy 50-yil / mil. 670 yil (Muoviya roziyallohu anhuning xalifalik davrida).
Umri: taxminan 50 yosh.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu nabiralarini namozda turganlarida ko‘tarib, ruku’ va sajda qilganlarida yerga qo‘yib ham namoz o‘qiganlar.
3. Abdulloh.
Otasi: hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu.
Onasi: Ruqayya roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: hijratdan avvalgi 3-yil, nubuvvatning 11-yili / mil. 619 yil avgust – 620 yil iyul orasi.
Tug‘ilgan joyi: Habashiston (ota-onasi Habashistonga hijrat qilgan davrda).
Vafot etgan yili: hijriy 4-yil, jumodul avval oyi / mil. 625 yil oktyabr-noyabr.
Vafot etgan joyi: Madinai munavvara.
Janozasini o‘qigan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
Qabri: Madinai munavvara, Baqi’ qabristonida (qabriga otasi Usmon roziyallohu anhu qo‘ygan).
Umri: 6 yosh.
4. Hasan roziyallohu anhu.
Kunyasi: Abu Muhammad.
Laqabi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rayhoni, jannat yigitlarining sayyidi.
Otasi: hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
Onasi: Fotimai zahro roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: hijriy 3-yil, sha’bon yoki ramazon oyi / mil. 625 yil yanvar-fevral yoki fevral-mart.
Tug‘ilgan joyi: Madinai munavvara.
Ayollari: taxminan 10 ta (muhaqqiq ulamolarning xulosasiga ko‘ra. Shariatga muvofiq bir vaqtning o‘zida nikohida to‘rttadan ortiq xotin ushlamagan).
Farzandlari: taxminan 15 ta (muhaqqiq ulamolarning xulosasiga ko‘ra).
Vafot etgan yili: hijriy 50-yil / mil. 670 yil (Muoviya roziyallohu anhuning xalifalik davrida).
Vafot etgan joyi: Madinai munavvara.
Janozasini o‘qigan: Sa’id ibn Os roziyallohu anhu (o‘sha paytda Madina amiri bo‘lgan).
Qabri: Madinai munavvara, Baqi’ qabristonida.
Umri: 47 yosh.
Hasan roziyallohu anhu otasidan keyin olti oy xalifalikni boshqarib, so‘ng Muoviya roziyallohu anhuga topshiradi va o‘sha paytda siyosiy jihatdan ikkiga bo‘linib qolgan musulmonlarning yana birlashishiga sababchi bo‘ladi.
5. Husayn roziyallohu anhu.
Kunyasi: Abu Abdulloh.
Laqablari: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rayhoni, shahidlar va jannat yigitlarining sayyidi.
Otasi: hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
Onasi: Fotimai zahro roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: hijriy 4-yil, sha’bon oyi boshlari / mil. 626 yil yanvar boshlari.
Tug‘ilgan joyi: Madinai munavvara.
Ayollari: 4 ta.
Farzandlari: 5 ta (o‘g‘illar: Ali akbar (to‘ng‘ich), Ali avsat (o‘rta) va Ali asg‘ar (kenja) ; qizlar: Sukayna va Fotima).
Vafot etgan yili: hijriy 61-yil, 10-muharram, Oshuro kuni / mil. 680 yil 9 oktyabr (Yazid ibn Muoviyaning xalifalik davrida).
Shahid bo‘lgan joyi: Iroq, Karbalo (Bag‘doddan 105 km janubi-g‘arbda).
Qabri: Karbalo shahrida.
Umri: 56 yilu 5 oy.
6. Ummu Kulsum roziyallohu anho.
Otasi: hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
Onasi: Fotimai zahro roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: hijriy 6-yil / mil. 627 yil may – 628 yil aprel orasi.
Tug‘ilgan joyi: Madinai munavvara.
Turmush o‘rtoqlari:
qoralama, [28.04.2023 9:47]
1) Umar ibn Xattob roziyallohu anhu (xalifalik davrida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasablari bilan bog‘lanish maqsadida uylangan);
2) amakivachchasi Avn ibn Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo (tashqi ko‘rinishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o‘xshagan sahoba. Hazrati Umar roziyallohu anhuning vafotidan keyin uylangan);
3) amakivachchasi Muhammad ibn Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo (Avn ibn Ja’far roziyallohu anhumoning vafotidan keyin uylangan);
4) amakivachchasi Abdulloh ibn Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo (tashqi ko‘rinishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o‘xshagan sahoba. Muhammad ibn Ja’far roziyallohu anhumoning vafotidan keyin uylangan).
Turmushga chiqqan yili: hijriy 17-yil, zulqa’da oyi / mil. 638 yil noyabr-dekabr.
Turmushga chiqqan joyi: Madinai munavvara.
Mahri: 40 ming dirham (hazrati Umar roziyallohu anhu payg‘ambarzoda Ummu Kulsumning sharafi uchun bergan).
Farzandlari: Zayd va Ruqayya (ikkalasi ham hazrati Umar roziyallohu anhudan).
Vafot etgan yili: hijriy 42–50-yillar / mil. 662–670-yillar orasi (Muoviya roziyallohu anhuning xalifalik davrida, Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhumoning nikohida ekanida vafot etadi).
Janozasini o‘qigan: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo yoki o‘sha paytda Madina amiri bo‘lgan Sa’id ibn Os roziyallohu anhu.
Umri: 36-44 yosh orasi.
7. Muhassin.
Otasi: hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
Onasi: Fotimai zahro roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: hijriy 7-yil / mil. 628 yil may – 629 yil aprel orasi.
Tug‘ilgan joyi: Madinai munavvara.
Vafot etgan yili: yoshligida (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik davrlarida).
Vafot etgan joyi: Madinai munavvara.
8. Zaynab roziyallohu anho.
Otasi: hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
Onasi: Fotimai zahro roziyallohu anho.
Tug‘ilgan yili: hijriy 8-9-yil / mil. 629 yil may – 631 yil aprel orasi.
Tug‘ilgan joyi: Madinai munavvara.
Turmush o‘rtog‘i: amakivachchasi Abdulloh ibn Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo (Zaynab roziyallohu anho bilan ajrashganidan keyin Ummu Kulsum roziyallohu anhoga uylanadi).
Farzandlari: taxminan 4 ta.
Vafot etgan yili: hijriy 62-yil / mil. 681 yil sentyabr – 682 yil avgust orasi.
Vafot etgan joyi: Madinai munavvara.
Qabri: Madinai munavvara, Baqi’ qabristonida (muhaqqiq ulamolarning xulosasiga ko‘ra).
Umri: 53-54 yosh.
Abdul Azim Ziyouddin
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)