19:46 / 01.05.2023
261

Toshkentda avtobusning tom qoplamasi qo‘porilib tushdi

Toshkentda avtobusning tom qoplamasi qo‘porilib tushdi
Foto: Telegram
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 1 may kuni yo‘lovchi avtobusi tom qismidagi himoya qoplamasi qo‘porilib tushdi.
 
Ma’lum qilinishicha, holat soat 9:00 da King Long rusumli 24-sonli Yunusobod-6—TTZ ASHB yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus bilan sodir bo‘lgan.
 
Avtobus alohida yo‘lakda harakatlanib ketayotgan vaqtda yo‘lning qatnov qismiga o‘sgan diametri 50-60 sm bo‘lgan daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasiga tegishi oqibatida mazkur himoya qoplamasini qo‘porib yuborgan.
 
Hodisa oqibatida avtobusning tom qismi texnik shikastlanib, gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplama shikastlangan. Holat natijasida tan jarohati olganlar mavjud emas. Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, kamchiliklar bartaraf etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat