21:00 / 01.05.2023
232

Prezident sud tizimida “yagona darcha” tizimini joriy etish bo‘yicha qonunni imzoladi

Prezident sud tizimida “yagona darcha” tizimini joriy etish bo‘yicha qonunni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev sud tizimida “yagona darcha” tizimini joriy etish bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
 
Hujjat bilan jinoyat ishlarini ko‘rishda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xususiy ajrim chiqarish asoslari belgilanmoqda (tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda).
 
Shuningdek, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rilayotgan fuqarolik ishini tugatish uchun asoslar ro‘yxati belgilanmoqda. Fuqarolik sudiga kiritilgan da’vo arizasi bo‘yicha taalluqlilik qoidalari buzilgan taqdirda, mazkur da’vo arizasi sud tomonidan iqtisodiy yoki ma’muriy sudga yuboriladi. Bunda, boshqa suddan da’voni qabul qilib olgan sudning sudyasi, da’vo bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, 10 kun ichida da’vogarni kamchiliklarni bartaraf etish haqida xabardor qiladi.
 
Shuningdek, bundan buyon o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Endilikda davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi (ilgari iqtisodiy sud bilan bog‘liq bo‘lgan ijro ishlari bo‘yicha shikoyatlar iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilardi). Bundan tashqari, iqtisodiy sudlar tomonidan chiqariladigan ijro hujjatlari ijroga uch yil ichida qaratilishi mumkin (ilgari 6 oy ichida).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident sud tizimida “yagona darcha” tizimini joriy etish bo‘yicha qonunni imzoladi