22:50 / 01.05.2023
177

Samarqandda soxta korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi

Samarqandda soxta korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida soxta korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.
 
Xabarga ko‘ra, 18 aprel kuni Ishtixon tumanida yashovchi 62 yoshli I.B. ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu kuni soat 21:00 larda Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi Shoshilinch xirurgiya bo‘limida navbatchilik vaqtida o‘zini Samarqand viloyati korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi deb tanishtirgan shaxs, go‘yoki fuqarolarni davolagani evaziga moddiy manfaatdor bo‘lib kelgani haqida yetarli dalillar mavjudligi haqida aytib, tegishli tartibda chora ko‘rish bilan qo‘rqitganini bildirgan.
 
Shuningdek, bu orqali 2000 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganini ma’lum qilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘zini Samarqand viloyati korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi deb tanishtirgan shaxs aslida Ishtixon tumanida yashovchi 28 yoshli R.S. ekani aniqlanib, undan 2000 AQSH dollari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
 
Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urgani aniqlanmoqda. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda soxta korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi