![Toshkentda YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi](/uploads/posts/2023-05/photo_2023-05-02_14-04-52.jpg)
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkentda YPX xodimlarining talabini bajarmasdan, ularni haqorat qilgan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, 28 aprel kuni soat 01:35 larda Yangihayot tumanidagi “Yangihayot” YPX maskanida xizmat olib borayotgan xodimlar Gentra avtoulovini to‘xtatib, haydovchidan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan. Shu vaqtda avtomashinadagi yo‘lovchilar 28 yoshli Z.B., 46 yoshli X.J. va 23 yoshli N.F. xodimlarga nisbatan turli xil haqoratli so‘zlar aytib, jamoat tartibini buzgan. Shuningdek, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga nisbatan qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan avtomashina yo‘lovchilari Z.B., X.J., N.F.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan ularga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar