23:45 / 02.05.2023
216

Lada XRAY aksionda sotilib, kredit qarzdorligi qoplandi

Lada XRAY aksionda sotilib, kredit qarzdorligi qoplandi
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 24.01.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “G.g.beton” MCHJdan undiruvchi  Qarshi shaxar TIF Milliy bank Qashqadaryo viloyat filialining foydasiga 30.364.156,76 so‘m asosiy qarz undirish tug‘risidagi ijro xujjati Majburiy ijro byurosi G‘uzor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lum qilingan.
 
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning nomida mavjud bulgan mol-mulklarini aniqlash maqsadida, tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va jamiyatning hisob-raqamini  bandlash uchun elektron  inkasso topshiriqnomalari quyilgan.
 
Bundan tashqari, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga borilib, jamiyatga tegishli bo‘lgan Lada XRAY rusumli avtotransport vositasi xatlanib, elektron-onlayn auksion savdoga chiqarilgan.
 
Olib borilgan ijro xarakatlari davomida, 10.04.2023 yilda auksiondan sotilib, tushgan pul mablag‘i Qarshi shaxar TIF Milliy bank Qashqadaryo viloyat filialining hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat